Sinov savollari (Texnik support)
Sinov savollari — Texnik support xodimlari uchun 🧪📋
Sinov savollari — Texnik support xodimlari uchun 🧪📋 bo'limiBu sahifa sinov muddatidagi (probation) texnik qo’llab-quvvatlash xodimlarining Biznex tizimi bo’yicha bilim darajasini tekshirish uchun mo’ljallangan.
💡 Yo’riqnoma: Har bir savolga javob bergach, yonidagi katakchani belgilab qo’ying. Sahifaning oxirida nechta savolga javob berganingizni ko’rasiz. Belgilashlar brauzerda saqlanadi (localStorage).
I bo’lim — Tizim haqida umumiy bilim 🌐
I bo’lim — Tizim haqida umumiy bilim 🌐 bo'limi- 1. Biznex kompaniyasi qaysi sohada ishlaydi va qaysi turdagi biznes egalariga xizmat ko’rsatadi?
- 2. Biznex POS va Biznex Fastfood ilovalarining asosiy farqi nimada? Qaysi biri qaysi turdagi biznes uchun mo’ljallangan?
- 3. Biznex POS ilovasi hozircha qaysi operatsion tizim(lar)da ishlaydi?
- 4. Biznex Cloud nima va u qanday vazifani bajaradi? Foydalanuvchi unga qaysi manzildan kira oladi?
- 5. Biznex POS qanday qilib internetsiz (offline) ishlay oladi? Offline rejimda qaysi funksiyalar cheklanadi?
- 6. Biznex POS dasturining hozirgi joriy versiyasi qaysi va u qachon chiqarilgan?
- 7. Biznex POS dasturining oylik obuna narxi qancha va u nimani o’z ichiga oladi?
- 8. Mijoz monoblok yoki printerlar sonini ko’paytirsa, obuna narxi o’zgaradimi? Sababini tushuntiring.
- 9. Biznex tizimi qaysi tillarni qo’llab-quvvatlaydi?
- 10. Biznex POS qaysi onlayn to’lov tizimlari bilan integratsiya qilingan?
II bo’lim — O’rnatish va tizimga kirish 💻
II bo’lim — O’rnatish va tizimga kirish 💻 bo'limi- 11. Biznex ilovasini yuklab olish va o’rnatish jarayonini bosqichma-bosqich tushuntiring.
- 12. Mijozning kompyuteri Biznex faylini virus deb belgilasa, qanday harakat qilasiz?
- 13. Antivirus dasturni bloklasa, qaysi portlarni Firewall’da ochish kerak?
- 14. Biznex POS’ga kirishning 3 xil usuli mavjud (login/parol, 4 xonali kod, token). Ularning farqlarini ayting.
- 15. Mijoz “Login va parolimni unutdim” desa, qanday yo’l-yo’riq berasiz?
- 16. Yangi mijozga login va parolni kim beradi va qanday olinadi?
- 17. PIN-kod nima uchun kerak va uning uzunligi qanday bo’lishi mumkin?
- 18. Bir nechta xodim bitta PIN-kod bilan bir vaqtda ishlay oladimi? Sababini ayting.
III bo’lim — Xodimlar va Rollar 👥
III bo’lim — Xodimlar va Rollar 👥 bo'limi- 19. Biznex POS’da qanday asosiy rollar mavjud? Har birining vakolatlarini qisqacha ayting.
- 20. Yangi xodim qo’shilgandan keyin u tizimda ko’rinmayapti. Sizdagi tekshirish ro’yxati qanday bo’ladi?
- 21. Xodim ishdan ketdi. Uning profilini qanday bloklash mumkin (o’chirmasdan)?
- 22. Yangi maxsus rol (masalan, “Katta ofitsiant”) qanday yaratiladi? Ruxsatlar qanday belgilanadi?
- 23. Ofitsiant chekni bekor qilmoqchi bo’lganda menejer PIN-kodi so’ralayapti — bu xato emasmi? Bu nima uchun?
- 24. Auto-logout (avtomatik chiqish) nima va qanday sozlanadi?
IV bo’lim — Mahsulotlar, retseptlar va omborxona 🥕
IV bo’lim — Mahsulotlar, retseptlar va omborxona 🥕 bo'limi- 25. Ingredient (masalliq) va Mahsulot (taom) o’rtasidagi farq nimada?
- 26. Retsept (recipe) nima uchun yaratiladi va u omborxona bilan qanday bog’liq?
- 27. FIFO va FEFO qoidalari nimani anglatadi? Biznex qaysi qoidani qo’llab-quvvatlaydi?
- 28. ABC tahlil nima va u qanday foyda beradi?
- 29. Food cost nima va u qanday hisoblanadi?
- 30. Xarid (shopping) bo’limi qanday vazifani bajaradi va kim foydalanadi?
- 31. Avtomatik xarid ro’yxati qanday hosil bo’ladi?
V bo’lim — POS va savdo jarayoni 🍽️
V bo’lim — POS va savdo jarayoni 🍽️ bo'limi- 32. Joy (zal/qavat) va Stol tushunchalari farqini ayting. Bir joyda nechta stol bo’lishi mumkin?
- 33. POS ekranida stollar yashil va kulrang rangda ko’rsatiladi — bu nimani bildiradi?
- 34. “Foiz qo’shilsinmi?” sozlamasi qaysi joylarda o’chirilgan bo’lishi kerak va nima sababdan?
- 35. Xizmat haqi foizining o’zi (masalan, 10%) qaysi bo’limda belgilanadi?
- 36. Mijoz to’lagandan keyin chegirma qo’shish mumkinmi? Mumkin bo’lmasa, qaysi yo’l bilan tuzatiladi?
- 37. Buyurtmadan bitta taomni o’chirish jarayonini tushuntiring.
- 38. To’lov turi (naqd → karta) chek yopilgandan keyin o’zgartirish mumkinmi? Mumkin bo’lmasa, qanday yo’l bor?
VI bo’lim — Fastfood va navbat tizimi 🍔
VI bo’lim — Fastfood va navbat tizimi 🍔 bo'limi- 39. Fastfood tizimida buyurtma jarayoni POS’dan qanday farqlanadi?
- 40. Navbat cheki (queue ticket) nima va qachon chop etiladi?
- 41. Fastfood’da mijozga buyurtma tayyorligi haqida qanday xabar beriladi?
VII bo’lim — Printerlar va chop etish 🖨️
VII bo’lim — Printerlar va chop etish 🖨️ bo'limi- 42. Mijoz “Printer chek chiqarmayapti” deb shikoyat qilsa, qaysi tartibda muammo qidirasiz (5+ qadam)?
- 43. Oshxonaga buyurtma varag’i (belgu) bormayapti. Qaysi sozlamalar tekshirilishi kerak?
- 44. Bar printeri va oshxona printerini Biznex POS qanday farqlaydi?
- 45. Bir vaqtda nechta printer ulash mumkin va ular qanday taqsimlanadi?
- 46. Wi-Fi printer doim uzilib qolayapti. Sabablari va yechimlari qanday?
- 47. Termal qog’oz xira chiqayapti. Buning sabablari qanday bo’lishi mumkin?
- 48. Bluetooth printer ulanmayapti — tekshirish ro’yxatini ayting.
VIII bo’lim — Tarmoq va sinxronizatsiya 🌐
VIII bo’lim — Tarmoq va sinxronizatsiya 🌐 bo'limi- 49. “Server bilan aloqa uzildi” xatosi paydo bo’lsa, mijozga qanday qadamlarni tushuntirasiz?
- 50. Ofitsiant planshetida buyurtma kassada ko’rinmayapti. Sabablar va yechimlar qanday?
- 51. WebSocket sinxronizatsiyasi nima vazifani bajaradi?
- 52. VPN yoqilganda Biznex ishlamayapti. Buni qanday tushuntirasiz?
- 53. Cloud sinxronizatsiya nima va qachon ishlaydi?
IX bo’lim — Soliq, fiskal modul va OFD 🧾
IX bo’lim — Soliq, fiskal modul va OFD 🧾 bo'limi- 54. Biznex POS’da nechta fiskal tizim qo’llab-quvvatlanadi va ular qaysilar?
- 55. QPOS, FDS va Rahmat MK o’rtasidagi farq nima? FDS va Rahmat MK qaysi portlarda ishlaydi?
- 56. Fiskal modul (FM) nima va u qanday qurilma?
- 57. OFD nima uchun kerak va uning to’liq nomi nima?
- 58. OFD’ga ulanmaslik necha soatdan keyin FM bloklanishiga olib keladi?
- 59. MXIK kod nima va nima uchun har bir mahsulotga kerak?
- 60. Paket kod MXIK kod bilan birga qanday vazifa bajaradi?
- 61. Markirovka (Data Matrix) nima va qaysi mahsulot toifalarida ishlatiladi?
- 62. Z-hisobot nima va qachon yopiladi?
- 63. Fiskal chekda QR-kod chiqmasa, qaysi sabablarni tekshirasiz?
- 64. Mijoz “Fiskal kassa xatolik beryapti” desa, qaysi sahifadan FM holatini ko’rasiz?
- 65. Qaytarish (vozvrat) cheki qanday shakllanadi va kim ruxsat bera oladi?
X bo’lim — To’lov tizimlari va terminal 💳
X bo’lim — To’lov tizimlari va terminal 💳 bo'limi- 66. Terminaldan pul yechildi, lekin dasturda “to’lanmadi” deyapti. Qaysi qadamlardan boshlaysiz?
- 67. Click/Payme integratsiyasi ishlamayapti. Qaysi sozlamalarni tekshirasiz?
- 68. To’lov terminalini Biznex’ga COM port orqali ulash qanday amalga oshiriladi?
- 69. Terminal monitoring sahifasi nimani ko’rsatadi?
- 70. Onlayn to’lovlar internetsiz ishlay oladimi?
XI bo’lim — Hisobotlar va monitoring 📊
XI bo’lim — Hisobotlar va monitoring 📊 bo'limi- 71. Monitoring bo’limida nechta tahlil sahifasi mavjud?
- 72. Joylar monitoringi qanday ma’lumot beradi?
- 73. Xodim monitoring sahifasida qanday ko’rsatkichlar bor?
- 74. Maosh hisoblash dialogi qaysi monitoring sahifasida joylashgan?
- 75. Telegram bot orqali qanday hisobotlar yuboriladi?
XII bo’lim — Yangi xususiyatlar (v2.8.174) 🆕
XII bo’lim — Yangi xususiyatlar (v2.8.174) 🆕 bo'limi- 76. Smena (shift) tizimi qaysi fiskal qurilma uchun joriy etildi?
- 77. Virtual klaviatura qaysi platformalarda mavjud va qaysi tillarda ishlaydi?
- 78. Chegirma tizimining qanday turlari bor (foiz va miqdor)?
- 79. Admin qulflanish vaqti nima va u qanday vaqt oralig’ida sozlanadi?
- 80. Tarmoq interfeysi va QR funksiyasi nima uchun ishlatiladi?
XIII bo’lim — Texnik muammolar va diagnostika 🔧
XIII bo’lim — Texnik muammolar va diagnostika 🔧 bo'limi- 81. Mijoz “Dastur juda sekin ishlayapti” desa, qaysi tekshiruvlardan boshlaysiz?
- 82. Ilova o’z-o’zidan yopilib ketsa (crash), nima qilish kerak?
- 83. Qurilma (monoblok) qizib ketayotgan bo’lsa, sabablari qanday bo’lishi mumkin?
- 84. Ma’lumotlar backup qilinishini qanday tushuntirasiz? Lokal va Cloud farqi nima?
- 85. Tizimni butunlay qayta yuklash (reboot) qanday tartibda amalga oshiriladi?
- 86. Mijoz “Litsenziya faollashtirilmagan” xatosini ko’rsa, qanday yordam berasiz?
XIV bo’lim — Mijoz bilan muloqot 🤝
XIV bo’lim — Mijoz bilan muloqot 🤝 bo'limi- 87. Mijoz juda asabiy bo’lib telefon qilsa, sizning birinchi vazifa nima?
- 88. Muammoni masofadan hal qilish mumkin emas — qanday yo’l tutasiz?
- 89. Texnik xizmatga murojaat qilishdan oldin mijozdan qanday ma’lumotlar olishingiz kerak?
- 90. Mijozdan skrinshot/video so’rashning ahamiyati nimada?
- 91. Biznex texnik yordami qaysi soatlarda ishlaydi va qaysi kanallar orqali bog’lanish mumkin?
- 92. Obuna davrida texnik yordam bepulmi yoki to’lovlimi? Joyiga borib xizmat ko’rsatish-chi?
XV bo’lim — Vaziyatga oid (case) savollar 🎯
XV bo’lim — Vaziyatga oid (case) savollar 🎯 bo'limi- 93. Case 1: Mijoz qo’ng’iroq qildi: “Smena yopilmayapti, OFD’ga ulanish yo’q deyapti”. Diagnostika ketma-ketligini ayting.
- 94. Case 2: Restoranda 1 ta monoblok va 3 ta planshet bor. Bitta planshetda “Internet yo’q” yozayapti, qolganlarida normal. Sizning qadamlaringiz qanday?
- 95. Case 3: Yangi mahsulot qo’shildi, lekin chekda MXIK kod chiqmayapti. Sabab qanday bo’lishi mumkin?
- 96. Case 4: Mijoz “Karta orqali to’ladim, lekin sotuv chekda ‘naqd’ deb yozilgan” deyapti. Bu nimadan bo’lishi mumkin?
- 97. Case 5: Xodim chegirma berdi, lekin chekda chegirma ko’rinmayapti. Qaysi sozlamalarni tekshirasiz?
- 98. Case 6: Oshxonaga buyurtma 5 daqiqa kechikib bormoqda. Sababini qanday topasiz?
- 99. Case 7: Mijoz “Stol band ko’rinyapti, lekin hech kim yo’q” deyapti. Tuzatish yo’lini ayting.
- 100. Case 8: Wolt orqali kelgan buyurtma Biznex POS’da ko’rinmayapti. Diagnostika qadamlarini ayting.
XVI bo’lim — Qonunchilik va majburiyatlar ⚖️
XVI bo’lim — Qonunchilik va majburiyatlar ⚖️ bo'limi- 101. O’zbekistonda fiskal chek bermaslik uchun qanday jarima belgilangan?
- 102. Markirovka majburiy bo’lgan mahsulotlarga misol keltiring (tamaki, suv, va h.k.).
- 103. Quyib sotish (alkogol, pivo) jarayonida qaysi qonunchilik talablari mavjud?
- 104. Call Center orqali ishlovchi savdo nuqtalari uchun qanday alohida talablar bor?
⏳ Yuklanmoqda...