Asosiy kontentga o'tish

Amaliy qoidalar

Kundalik savdo jarayonlarida rioya qilish kerak bo’lgan amaliy qoidalar.


20. Komitent (vositachi)

20. Komitent (vositachi) bo'limi

Onlayn-NKM, virtual kassa yoki Marketpleys orqali shakllantiriladigan cheklarda, agar savdo jarayonida vositachi ishtirok etsa, komitentning STIR yoki JShShIR raqami ko’rsatilishi majburiy.


21. O’lchov birligi

21. O’lchov birligi bo'limi
  • Kassa chekida sotilgan har bir tovar yoki xizmatning o’lchov birligi ko’rsatilishi shart
  • O’lchov birligi MXIK (Mahsulotlar va xizmatlarning yagona elektron milliy katalogi) asosida shakllantirilishi lozim
  • Onlayn-NKM va virtual kassalar mahsulotning o’lchov birligi va miqdori chekda to’g’ri aks ettirilishini texnik jihatdan ta’minlashi shart

22. Turdosh (ikkilamchi) hisobga olish tizimlari

22. Turdosh (ikkilamchi) hisobga olish tizimlari bo'limi
  • Barcha POS-tizimlar va dasturlar majburiy ravishda soliq organlari tizimiga integratsiya qilinishi va Davlat reyestriga kiritilishi lozim

23. Kvitansiya daftari

23. Kvitansiya daftari bo'limi

Onlayn-NKM yoki virtual kassa nosoz bo’lgan hollarda va TXKM tomonidan zaxira qurilma o’rnatilgunga qadar foydalaniladigan hujjat.

Talablar:

TalabTavsifi
Ro’yxatdan o’tishSoliq organlarida maxsus ro’yxatdan o’tgan bo’lishi kerak
TasdiqlashSoliq organi muhri bilan tasdiqlangan va raqamlangan
Ma’lumot kiritishQurilma sozlangandan so’ng, 1 ish kuni ichida barcha savdo ma’lumotlari tizimga kiritilishi shart

24. To’lov shakllari

24. To’lov shakllari bo'limi

Kassa chekida to’lov qaysi shaklda amalga oshirilganligi majburiy ravishda ko’rsatiladi.

To’lov shakliTavsifi
NaqdNaqd pul orqali to’lov
Plastik kartaBank kartasi orqali to’lov
AralashNaqd va karta birgalikda

Fiskal modulga yuboriladigan ma’lumotlar tarkibida ham naqd yoki bank plastik kartasidan to’langan summalar alohida qayd etiladi.