Call Center uchun tezkor qo'llanma
Onlayn-NKM nima?
Onlayn-NKM nima? bo'limiSavdo cheki chiqaradigan qurilma. Internet orqali soliq organlariga avtomatik hisobot beradi. 48 soat internet bo’lmasa — bloklanadi.
Virtual kassa nima?
Virtual kassa nima? bo'limiOnlayn-NKM bilan bir xil ish qiladi, lekin bu dastur (programma), qurilma emas. Kompyuter yoki telefonda ishlaydi.
Fiskal modul nima?
Fiskal modul nima? bo'limiSoliq chekini tasdiqlash uchun kerak bo’lgan kichik qurilma (USB-kalit yoki smart-karta). POS qurilmaga ulanadi. Busiz chek chiqmaydi.
Z-hisobot nima?
Z-hisobot nima? bo'limiKun oxirida chiqadigan yakuniy hisobot. Kundagi barcha savdolar haqida ma’lumot beradi.
MXIK nima?
MXIK nima? bo'limiHar bir mahsulotning davlat tomonidan berilgan identifikatsiya kodi. Chekda ko’rsatilishi shart.
QQS nima?
QQS nima? bo'limiQo’shilgan qiymat solig’i. Har bir mahsulot uchun alohida, chek oxirida jami ko’rsatiladi.
STIR nima?
STIR nima? bo'limiKorxonaning soliq raqami. Chekda albatta bo’lishi kerak.
Tez-tez so’raladigan savollar
Tez-tez so’raladigan savollar bo'limi”Chek chiqmayapti” — nima qilish kerak?
”Chek chiqmayapti” — nima qilish kerak? bo'limi- Fiskal modul ulangan mi? — USB-kalit yoki smart-karta POS qurilmaga kiritilganini tekshiring
- Internet bor mi? — 48 soatdan ko’p internet bo’lmasa qurilma bloklanadi
- Qog’oz bor mi? — Printer qog’ozini tekshiring
- Qurilma yoniq mi? — Qayta yoqib ko’ring
”Offlayn rejim” nima degani?
”Offlayn rejim” nima degani? bo'limi- Internet yo’qolganda qurilma offlayn rejimda ishlashda davom etadi
- Cheklar saqlanib turadi va internet qaytganda avtomatik yuboriladi
- 48 soat (ba’zan 24 soat) offlayn bo’lsa — qurilma bloklanadi
- Blokdan chiqish uchun — internetni tiklash kerak
”Markirovka xatosi” chiqyapti
”Markirovka xatosi” chiqyapti bo'limi- Markirovka kodi — maxsus belgilangan tovarlar uchun kerak (alkogol, pivo, tamaki, dorivor, suv, maishiy texnika)
- Skaner tovar yaroqlilik muddati o’tganini aniqlasa — sotuvni bloklaydi
- Bitta chekda yoki turli cheklarda ikki bir xil markirovka kodi bo’lishi mumkin emas (dublikat)
Labelbo’sh bo’lsa — “ASL BELGISI” tovarning sotilganini qayd etmaydi- Yechim: tovar markirovkasini tekshiring, muddati o’tgan bo’lsa sotib bo’lmaydi
Bar/restoranda quyib sotish — qanday ishlaydi?
Bar/restoranda quyib sotish — qanday ishlaydi? bo'limi- Shisha ochilganda — KM skanerlanadi va avans cheki chiqariladi (narx 0)
- Mehmonga porsiya sotilganda — oddiy fiskal chek (ml/litr, KM SIZ)
- Bir shishadan ko’p marta sotsangiz ham — KM faqat bir marta skanerlanadi
- Batafsil: Quyib sotish
Mijoz markirovkasiz tovar so’rasa-chi?
Mijoz markirovkasiz tovar so’rasa-chi? bo'limi- Majburiy markirovkaga tegishli tovarni markirovkasiz sotish — qonunbuzarlik
- Faqat ESF (elektron schyot-faktura) orqali xarid qilingan tovar sotiladi
- Yetkazib beruvchidan ESF talab qiling
”Noto’g’ri MXIK” jarimasi nima?
”Noto’g’ri MXIK” jarimasi nima? bo'limi- 2023-yil 1-martdan boshlab — chek yoki EHF da noto’g’ri MXIK uchun realizatsiya qiymatining 1% jarima (Soliq kodeksi 223-modda 5-qism)
- Yechim: tasnif.soliq.uz dan amaldagi MXIK ni tekshirish
Mijoz “chek haqiqiymi?” deb so’rayapti
Mijoz “chek haqiqiymi?” deb so’rayapti bo'limiChekdagi QR-kodni soliq organlarining mobil ilovasi bilan skanerlab tekshirish mumkin. QR-kod kamida 30x30 mm bo’lishi shart.
”Kvitansiya daftari” nima?
”Kvitansiya daftari” nima? bo'limiQurilma buzilganda ishlatiladigan maxsus daftar:
- Soliq organida muhrlangan va raqamlangan bo’lishi kerak
- Qurilma tuzatilgandan so’ng 1 ish kuni ichida barcha ma’lumotlar tizimga kiritiladi
To’lov shakllari qanday bo’ladi?
To’lov shakllari qanday bo’ladi? bo'limiChekda 3 xil to’lov shakli ko’rsatilishi mumkin:
- Naqd — faqat naqd pul
- Plastik karta — faqat karta
- Aralash — naqd + karta birgalikda
Muhim raqamlar va chegaralar
Muhim raqamlar va chegaralar bo'limi| Parametr | Qiymat |
|---|---|
| Offlayn rejim chegarasi | 48 soat (keyin bloklanadi) |
| Chek qog’oz kengligi | Kamida 55 mm |
| Harf balandligi | Kamida 2 mm |
| QR-kod o’lchami | Kamida 30x30 mm |
| Ma’lumot saqlash muddati | 5 yil (operator tomonidan) |
| Virtual fiskal modul to’lovi | Yiliga 1 BHM |
Biznex POS da qayerda sozlanadi?
Biznex POS da qayerda sozlanadi? bo'limi| Masala | Biznex POS bo’limi |
|---|---|
| Fiskal modul ulash | Qurilmalar > Ulanish |
| MXIK kodlarni sozlash | MXIK kodlar |
| Fiskal chek sozlamalari | Fiskal chek |
| Soliq integratsiyasi | Soliq integratsiyasi |
| To’lov shakli tanlash | Savdo qilish |