Oshxona ishlab chiqarish
Oshxona ishlab chiqarish
Oshxona ishlab chiqarish bo'limiOshxona ishlab chiqarish moduli masalliqlardan tayyor mahsulot tayyorlash jarayonini boshqaradi. Retseptlar asosida masalliq sarfini hisoblaydi va omborxona zaxirasini avtomatik yangilaydi.
Modul nima uchun kerak?
Modul nima uchun kerak? bo'limi- Aniq hisob-kitob — qancha masalliq sarflanganini bilish
- Zaxirani nazorat — masalliq yetarliligini oldindan tekshirish
- Isrofni kamaytirish — ortiqcha tayyorlashni oldini olish
- Tarix — qachon, nima, qancha tayyorlanganini kuzatish
Hisoblash rejimlari
Hisoblash rejimlari bo'limiOshxona modulida 2 ta hisoblash rejimi mavjud:
1-rejim: Mahsulot → Retsept (“Qancha masalliq kerak?”)
1-rejim: Mahsulot → Retsept (“Qancha masalliq kerak?”) bo'limiBu rejimda tayyor mahsulot miqdori kiritiladi va tizim qancha masalliq kerakligini hisoblaydi.
Misol:
50 ta osh tayyorlash kerak. Retseptda 1 porsiya osh = 300g guruch, 200g sabzi, 150g go’sht.
| Masalliq | Kerakli miqdor | Omborda bor | Holat |
|---|---|---|---|
| Guruch | 15 kg | 20 kg | Yetarli |
| Sabzi | 10 kg | 8 kg | Yetmaydi (2 kg kam) |
| Go’sht | 7.5 kg | 10 kg | Yetarli |
Tizim avtomatik bottleneck (cheklovchi masalliq) ni aniqlaydi — yuqoridagi misolda sabzi cheklovchi.
2-rejim: Retsept → Mahsulot (“Qancha tayyorlay olamiz?”)
2-rejim: Retsept → Mahsulot (“Qancha tayyorlay olamiz?”) bo'limiBu rejimda mavjud masalliqlar miqdori kiritiladi va tizim maksimal qancha tayyor mahsulot tayyorlash mumkinligini hisoblaydi.
Misol:
Omborda 20 kg guruch, 8 kg sabzi, 10 kg go’sht bor. Nechta osh tayyorlash mumkin?
Javob: 40 porsiya (sabzi cheklovchi — 8 kg / 200g = 40 ta)
Ishlash tartibi
Ishlash tartibi bo'limi1-qadam: Retseptni tanlang
1-qadam: Retseptni tanlang bo'limiIshlab chiqarish sahifasida retseptlar ro’yxatidan kerakli retseptni tanlang.
2-qadam: Miqdorni kiriting
2-qadam: Miqdorni kiriting bo'limi- 1-rejim: Tayyorlamoqchi bo’lgan mahsulot miqdorini kiriting
- 2-rejim: Mavjud masalliqlar miqdorini kiriting yoki ombordan avtomatik oling
3-qadam: Natijani ko’ring
3-qadam: Natijani ko’ring bo'limiTizim hisoblaydi va ko’rsatadi:
- Har bir masalliq uchun kerakli miqdor
- Ombordagi mavjud miqdor
- Yetarlilik holati (yetarli / yetmaydi)
- Cheklovchi masalliq (bottleneck)
4-qadam: Tasdiqlang
4-qadam: Tasdiqlang bo'limi- “Saqlash” — hisoblashni saqlaydi (omborni o’zgartirmaydi)
- “Ishlab chiqarish” — ombordan masalliqlar avtomatik ayiriladi va tayyor mahsulot qo’shiladi
Ishlab chiqarish tarixi
Ishlab chiqarish tarixi bo'limiBarcha ishlab chiqarishlar tarixda saqlanadi:
| Ma’lumot | Tavsifi |
|---|---|
| Sana va vaqt | Ishlab chiqarish vaqti |
| Retsept nomi | Qaysi mahsulot tayyorlangan |
| Miqdor | Nechta tayyorlangan |
| Masalliqlar | Sarflangan masalliqlar ro’yxati |
| Xodim | Kim tomonidan bajariilgan |
Maslahatlar
Maslahatlar bo'limi- Har safar ishlab chiqarishdan oldin masalliq yetarliligini tekshiring (1-rejim)
- Retseptlarni to’g’ri kiritgan bo’lsangiz, omborxona avtomatik yangilanadi
- Ishlab chiqarish tarixini muntazam tekshiring — isrofni aniqlash uchun
- Yarim tayyor mahsulotlar ham alohida retsept sifatida kiritilishi mumkin