skipLink.label

Biznex — POS tizimi qo'llanma va yordam markazi

Biznex POS — restoranlar, kafelar va do'konlar uchun zamonaviy savdo tizimi. Rasmiy qo'llanma va yordam markazi.

Nega aynan Biznex POS?

heading.anchorLabel

Zamonaviy POS tizim

Biznex POS restoran, kafe va do‘konlar uchun maxsus yaratilgan, real vaqtda savdo jarayonlarini boshqaradi.

Ombor va Masalliqlar

Ingredient va mahsulot qoldiqlarini nazorat qiling, retsept asosida avtomatik hisob-kitob yuriting.

Retsept va Xarajat nazorati

Taomlar retseptini kiritib, xarajatlarni aniq kuzating. FIFO/FEFO tizimi qo‘llab-quvvatlanadi.

Moliyaviy Hisobotlar

Kunlik, haftalik va oylik daromad/xarajat hisobotlarini avtomatik yarating va eksport qiling.

Ko‘p foydalanuvchilik

Bir vaqtning o‘zida bir nechta kassada ishlash imkoniyati mavjud, xodimlarga rollar va huquqlarni belgilang.

Qo’llab-quvvatlash

24/7 texnik yordam va muntazam yangilanishlar bilan tizim doim rivojlanishda.

Soliq integratsiyasi

QPOS va FDS fiskal tizimlar, MXIK kodlar, fiskal chek va OFD sinxronizatsiya — to’liq qonuniy muvofiqlik.

Oshxona ishlab chiqarish

Masalliqlardan tayyor mahsulot tayyorlash, ABC tahlil, food cost va avtomatik xarid ro’yxati.

Biznex POS — restoran avtomatizatsiyasi yechimi

heading.anchorLabel

Biznex — O’zbekistondagi restoranlar, kafelar, fast-food va do’konlar uchun mo’ljallangan zamonaviy POS tizimi (savdo nuqtasi dasturi). Biznex yordamida kassa operatsiyalari, ombor hisob-kitobi, xodimlar boshqaruvi, moliyaviy hisobotlar va soliq integratsiyasi — barchasini bitta dasturdan boshqaring.

Kimlar uchun?

heading.anchorLabel
  • Restoran va kafe egalari — savdo jarayonini avtomatlashtirish, ofitsiantlar ishlashini nazorat qilish
  • Fast-food va tezkor ovqatlanish — navbat tizimi, tezkor buyurtma va chek chiqarish
  • Do’kon egalari — kassa dasturi, sklad (ombor) programmasi, mijozlar bazasi
  • Oshxona boshliqlari — retseptlar, taom tannarxini hisoblash, food cost nazorati

Asosiy imkoniyatlar

heading.anchorLabel
  • Kassa va sotuv terminali (POS) — naqd, karta, Click, Payme orqali to’lov qabul qilish
  • Ombor boshqaruvi — masalliqlar, mahsulotlar, xaridlar va qoldiq nazorati
  • Fiskal kassa — QPOS, FDS, MXIK kodlar, onlayn NKM integratsiyasi
  • Cloud tizim — istalgan joydan veb-portal orqali biznesingizni kuzating
  • Ofitsiantlar uchun mobil ilova — buyurtmalarni planshet va telefon orqali qabul qilish
  • Hisobotlar va tahlillar — daromad, xarajat, foyda, ABC tahlil, food cost
  • QR menyu — mijozlar o’z telefonidan buyurtma berishi mumkin

Biznex POS ni sinab ko’ring

heading.anchorLabel

Restoran, kafe yoki do’koningiz uchun eng yaxshi dasturni tanlang. O’zbekiston bo’ylab 24/7 qo’llab-quvvatlash xizmati.

Hoziroq Biz Bilan Bog’laning