Asosiy kontentga o'tish

Ilova sozlamalari

Ilova sozlamalari ⚙️🔧

Ilova sozlamalari ⚙️🔧 bo'limi

Biznex POS dasturini o’z biznesingizga moslashtirishingiz mumkin. Bu bo’limda barcha sozlamalar va ularning vazifalari haqida ma’lumot berilgan.


Umumiy sozlamalar 📋

Umumiy sozlamalar 📋 bo'limi

Do’kon ma’lumotlari 🏪

Do’kon ma’lumotlari 🏪 bo'limi
  • Do’kon nomi — chekda va interfeysda ko’rinadigan nom
  • Manzil — biznes manzili (chekda chop etiladi)
  • Telefon — aloqa raqami
  • Logo — do’kon logotipi (chekda chop etiladi)

Til sozlamalari 🌐

Til sozlamalari 🌐 bo'limi

Biznex POS quyidagi tillarda ishlaydi:

  • 🇺🇿 O’zbek (lotin)
  • 🇺🇿 O’zbek (kirill)
  • 🇷🇺 Rus
  • 🇬🇧 Ingliz

Printer sozlamalari 🖨️

Printer sozlamalari 🖨️ bo'limi
SozlamaTavsif
Printer tanlashUlangan printerlar ro’yxati (2 tagacha printer qo’llab-quvvatlanadi)
Chek kengligi58mm yoki 80mm
ShriftChek shrifti
Logo chop etishChekda logo chiqarish yoqish/o’chirish
Avtomatik chop etishTo’lovdan keyin avtomatik chek

Savdo sozlamalari 💰

Savdo sozlamalari 💰 bo'limi
  • Chegirma ruxsati — xodimlar chegirma bera oladimi
  • Nasiya ruxsati — qarz savdo mumkinmi
  • Buyurtma bekor qilish — kim bekor qila oladi
  • Soliq foizi — QQS (NDS) foizi

Buyurtma sozlamalari — Xizmat haqi foizi (Fee Percent) 💸

Buyurtma sozlamalari — Xizmat haqi foizi (Fee Percent) 💸 bo'limi

Bu bo’limda buyurtmalarga avtomatik qo’shiladigan foiz ustamalar (xizmat haqi) sozlanadi.

Foiz ustama qo’shish

Foiz ustama qo’shish bo'limi
  1. SozlamalarBuyurtma sozlamalari bo’limiga kiring.
  2. Foiz nomi — ustama nomini yozing (masalan: “Xizmat haqi”, “Servis to’lovi”).
  3. Foiz qiymati — raqamni kiriting (masalan: 10 — bu 10% degani).
  4. “Qo’shish” tugmasini bosing.

Bir nechta foiz ustama qo’shish mumkin:

Foiz nomiQiymatiMisol
Xizmat haqi10%100 000 so’m buyurtmaga 10 000 so’m qo’shiladi
Servis5%100 000 so’m buyurtmaga 5 000 so’m qo’shiladi

Foiz usatamani o’chirish

Foiz usatamani o’chirish bo'limi

Har bir foiz yonidagi o’chirish tugmasini bosib, keraksiz ustamalarni olib tashlash mumkin.

Qanday ishlaydi?

Qanday ishlaydi? bo'limi

Foiz usatamalar faqat foiz yoqilgan joylardagi buyurtmalarga qo’shiladi:

Buyurtma jami = Taomlar narxi + (Taomlar narxi × Foiz / 100)

💡 Misol: Taomlar 200 000 so’m + Xizmat haqi 10% = 220 000 so’m

⚠️ Agar joyda (zal/stol) “Foiz qo’shilsinmi?” o’chirilgan bo’lsa — bu foizlar qo’shilmaydi. Batafsil: Joylar


Fiskal modul sozlamalari 🧾

Fiskal modul sozlamalari 🧾 bo'limi

Bu bo’lim faqat soliq moduli yoqilgan holda ko’rinadi.

Xizmat haqi uchun MXIK va Paket kod

Xizmat haqi uchun MXIK va Paket kod bo'limi

Xizmat haqi (foiz ustama) fiskal chekda alohida qator sifatida chiqadi. Shuning uchun uning ham MXIK kodi va paket kodi bo’lishi kerak:

  1. Xizmat haqi MXIK — “MXIK tanlash” tugmasini bosing va mos kodni qidiring.
    • Odatda xizmat ko’rsatish uchun mos MXIK kod tanlanadi.
  2. Xizmat haqi Paket kodi — MXIK tanlangandan keyin “Paket tanlash” tugmasi faollashadi.
    • Ro’yxatdan mos paket kodni tanlang.

⚠️ Bu juda muhim! Agar xizmat haqi uchun MXIK va paket kod kiritilmasa — foiz qo’shilgan buyurtmalarning fiskal cheki xato berishi yoki chiqmasligi mumkin.

Kiritish tartibi

Kiritish tartibi bo'limi
  1. Sozlamalar sahifasiga kiring.
  2. Pastga aylantiring — “Fiskal modul sozlamalari” bo’limini toping.
  3. “Xizmat haqi MXIK” tugmasini bosing → qidiruv oynasida mos kodni tanlang.
  4. “Xizmat haqi Paket” tugmasini bosing → ro’yxatdan paket kodni tanlang.
  5. Sozlamalar avtomatik saqlanadi.

💡 Bu sozlamani bir marta to’g’ri kiritib qo’yish kifoya — keyin barcha fiskal cheklarda avtomatik ishlatiladi.


Interfeys sozlamalari 🎨

Interfeys sozlamalari 🎨 bo'limi
  • Minimalist rejim — soddalashtirilgan menyu ko’rinishi
  • Kategoriya ko’rinishi — katta/kichik kartochkalar
  • Rang mavzusi — tizim ranglari

Fiskal sozlamalar (kengaytirilgan)

Fiskal sozlamalar (kengaytirilgan) bo'limi

Soliq moduli bilan bog’liq qo’shimcha sozlamalar:

SozlamaTavsifi
Fiskal turiQPOS yoki FDS — qaysi fiskal tizimni ishlatish
QQS stavkasiQQS foiz qiymati
OFD sinxronizatsiyaOFD ga ulanish holati va oxirgi sinxronizatsiya vaqti

Terminal (COM port) sozlamalari 🖧

Terminal (COM port) sozlamalari 🖧 bo'limi

Naqd bo’lmagan to’lov terminalini POS ga ulash uchun qo’llaniladigan sozlamalar.

SozlamaTavsifi
Terminaldan foydalanishTo’lov terminalini yoqish / o’chirish
COM port tanlashUlangan serial portlar ro’yxatidan tanlash
Portni tekshirishTanlamlgan port bilan ulanishni sinab ko’rish
Real-time holatHozir qaysi port tanlangan ekranda ko’rinadi

Qanday sozlanadi?

Qanday sozlanadi? bo'limi
  1. Sozlamalar → To’lov va Soliq bo’limiga kiring.
  2. “Terminaldan foydalanish” tugmasini yoqing.
  3. “COM port tanlash” ro’yxatidan terminalga mos portni tanlang.
  4. “Tekshirish” tugmasini bosib ulanishni tasdiqlang.

Omborxona sozlamalari

Omborxona sozlamalari bo'limi
SozlamaTavsifi
Omborxona turiOmborxona ishlash rejimi
Minimal zaxiraOgohlantirish chegarasi

Tezkor presetlar

Tezkor presetlar bo'limi

Tezkor foydalanish uchun oldindan belgilangan qiymatlar:

Preset turiTavsifiMisol
Bekor qilish sabablariBuyurtma bekor qilishda tanlash uchun sabablar ro’yxati”Mijoz fikrini o’zgartirdi”, “Xato buyurtma”
Mahsulot izohlariBuyurtmadagi mahsulotga tezkor izoh qo’shish”Tuzsiz”, “Qo’shimcha sous”, “Qaynoq”

Presetlar Sozlamalar > Tezkor presetlar bo’limidan boshqariladi.


Tarmoq sozlamalari 🌐

Tarmoq sozlamalari 🌐 bo'limi
SozlamaTavsifi
API manziliServer ulanish manzili
Tarmoq interfeysiQaysi tarmoq interfeysi ishlatilishi
Mahalliy IP manzilQurilmaning lokal tarmoqdagi IP adresi (ko’chirish tugmasi bilan)
QR-kodLokal tarmoq manziliga tezkor kirish uchun QR-kod generatsiya qilish

SozlamaTavsifi
Keshni tozalashVaqtincha ma’lumotlarni o’chirish
Ma’lumotlar bazasiLokal bazaning hajmi va holati

Biznex POS ni yangilash:

  1. Sozlamalar > Ilova yangilash bo’limiga kiring
  2. Yangi versiya mavjud bo’lsa — “Yangilash” tugmasi ko’rinadi
  3. Yangilanish avtomatik yuklanadi va o’rnatiladi

Xavfsizlik va Admin sozlamalari 🔒

Xavfsizlik va Admin sozlamalari 🔒 bo'limi
  • PIN-kod uzunligi — 4 dan 6 gacha xonali (sozlanadi)
  • Avtomatik qulflanish vaqti — faolsizlikdan so’ng tizim qulflanganga qadar kutish muddati
VaqtMuddati
30 soniyaEng tez qulflanish
1 daqiqa
5 daqiqa
15 daqiqa
30 daqiqa
1 soat
2 soat
4 soat
8 soat
24 soatDeyarli avtomatik qulflanmaydi
  • API manzili — server ulanish sozlamalari

Virtual klaviatura sozlamalari ⌨️

Virtual klaviatura sozlamalari ⌨️ bo'limi

Windows qurilmalarda ekrandagi virtual klaviatura:

SozlamaTavsifi
Virtual klaviaturaEkrandagi klaviaturani yoqish / o’chirish
TilO’zbek lotin yoki kirill harflari avtomatik aniqlanadi

Telegram bot sozlamalari 🤖

Telegram bot sozlamalari 🤖 bo'limi

Biznex POS Telegram bot orqali real-time bildirishnomalar yuboradi.

SozlamaTavsifi
Bot token@BotFather dan olingan bot tokeni
Foydalanuvchi IDBildirishnoma yuboriladigan Telegram ID lar (vergul bilan)
TestBot token to’g’riligini tekshirish tugmasi
Bot holatiHozir ishlamoqda / to’xtatilgan

Bildirishnoma turlari (har biri alohida yoqiladi/o’chiriladi):

HodisaTavsifi
✅ Buyurtma yopildiBuyurtma summasi, to’lov turi
❌ Buyurtma bekor qilindiBekor qilish sababi
🗑 Taom o’chirildiQaysi taom, kim tomonidan
⚠️ Kam zaxiraMahsulot minimal chegara ostiga tushganda
💰 Katta summaBelgilangan limitdan yuqori buyurtma
👤 Xodim kirdiTizimga kim kirganini kuzatish

  • Logo qo’shing: Chekdagi logo — biznesingiz brendini oshiradi
  • Avtomatik chekni yoqing: Har safar qo’lda chop etish zaruratini yo’qotadi
  • Til o’zgartirish: Xodimlaringiz uchun eng qulay tilni tanlang
  • Fiskal turini to’g’ri tanlang: Yangi o’rnatishlar uchun FDS tavsiya etiladi
  • Presetlar: Ko’p ishlatiladigan bekor qilish sabablari va izohlarni oldindan kiriting — tezlik oshadi