Retseptlar
Retseptlar 🧾🍽️
Retseptlar 🧾🍽️ bo'limiRetsept — bu har bir taom / mahsulot / salatni mijozga berilgunga qadar unga qaysi masalliqlar kerak bo‘lishi, qancha miqdorda sarflanishi va tannarxi qancha bo‘lishini aniq hisoblash tizimi.
Retseptlar quyidagi savollarga javob beradi:
- 🥦 Qaysi masalliqlar kerak?
- ⚖️ Har bir masalliqdan qancha ketadi?
- 💰 Taomning tannarxi qancha bo‘ladi?
- 📉 Ombor (stock)dan masalliqlar qanday kamayadi?

Retsept yaratish jarayoni 🍲
Retsept yaratish jarayoni 🍲 bo'limi1. Retseptlar bo‘limiga o‘tish
1. Retseptlar bo‘limiga o‘tish bo'limiOmborxona → Retseptlar bo‘limiga kiring.
2. Taom/Mahsulot/Salat tanlash
2. Taom/Mahsulot/Salat tanlash bo'limiYangi retsept qo‘shish uchun ro‘yxatdan kerakli taom, mahsulot, yoki salatni tanlang.
Masalan: Osh, Pitsa, Grecheskiy salat.
3. Masalliqlarni kiritish
3. Masalliqlarni kiritish bo'limiTanlangan taom uchun kerak bo‘ladigan masalliqlar ro‘yxatini to‘ldiring:
- Masalliq nomi
- Miqdor (kg, dona, litr…)
- Qancha sarflanishi
Misol:
Misol: bo'limi1 kg Osh tayyorlash uchun:
- 0.4 kg — guruch
- 0.4 kg — sabzi
- 0.4 kg — go‘sht
- 0.1 kg — yog‘
- 0.05 kg — piyoz
Natija qanday ishlaydi?
Natija qanday ishlaydi? bo'limiSiz retseptni yaratganingizdan so‘ng:
- Har safar Osh sotilganda, tizim retsept bo‘yicha masalliqlarni avtomatik ombor zaxirasidan ayirib boradi.
- Tannarx aniq hisoblanadi
- Ombor hisobi to‘g‘ri yuritiladi
- Hisobotlar va statistika xatolarsiz bo‘ladi
Nechun retsept muhim? 🎯
Nechun retsept muhim? 🎯 bo'limi- 📉 Masalliqlar sarfini nazorat qiladi
- 💸 Tannarxni aniq ko‘rsatadi
- 🚫 Yo‘qotishlar va o‘g‘irlikning oldini oladi
- 📊 Hisobotlar va statistikalar aniq va to‘g‘ri bo‘ladi
- 🧑🍳 Oshpazlar uchun standart retsept saqlanadi