Asosiy kontentga o'tish

Texnik talablar

Qurilmalar va tizimlar uchun qonunchilikda belgilangan texnik talablar.


  • Onlayn-NKM va virtual kassalar shtrix-kod o’qish qurilmalarini qo’llab-quvvatlashi shart
  • Sotilayotgan mahsulotlarning shtrix-kodi kassa chekida majburiy rekvizit sifatida aks ettiriladi
  • Davlat reyestriga kiritiladigan qurilmalar shtrix-kodlarni erkin o’qish va aniqlash imkoniyatiga ega bo’lishi lozim

11. Markirovka belgisi

11. Markirovka belgisi bo'limi

Raqamli markirovka qilinadigan tovarlar sotilganda kassa chekida markirovka belgisi (kodi) aks ettirilishi shart. Bu — VM 2020-yil 31-dekabrdagi 833-sonli qaroriga muvofiq joriy etilgan NIS “ASL BELGISI” monitoring tizimi.

Asosiy qoidalar:

QoidaTavsifi
Majburiy ko’rsatishMarkirovka kodi ko’rsatilmasa, chek shakllantirilmaydi
Label maydoniChekda bo’sh bo’lmagan label maydoni bo’lishi shart — aks holda “ASL BELGISI” tovarning sotilganini qayd etmaydi
Barcode (GTIN)Sotilgan mahsulotning shtrix-kodi alohida Barcode maydonida ko’rsatiladi
Dublikat taqiqiBitta chekda yoki turli cheklarda ikkita bir xil KM bo’lishi mumkin emas
Donalab kiritishHar bir mahsulot birligi alohida skanerlanadi — KM noyob
Yaroqlilik nazoratiSkaner tovar yaroqlilik muddati o’tganini aniqlasa, chek chop etilishi bloklanadi
QaytarishFaqat dastlabki sotuv qilingan NKM orqali, KM majburiy ko’rsatiladi

Label maydoni formati:

TalabQiymat
Maksimal uzunligi63 belgi
TarkibiKM ning kesilgan qismi (mahsulot kodi + seriya raqami), to’liq KM emas
Boshqaruvchi belgilarMavjud bo’lsa — ekranlashtiriladi
KM olib tashlanadigan qismlarAI91, AI92, AI93 va undan keyingi qismlar (kriptografik kalit)

Markirovka kodlari va shtrix-kodlarni to’g’ri o’qish uchun onlayn-NKM va virtual kassalarda 2D-skaner qurilmasining qo’llanilishi majburiy.

Texnik talablar:

  • ISO/IEC 15415 xalqaro standartiga muvofiq bo’lishi kerak
  • Kodlarni aniq o’qishni ta’minlashi lozim
  • Muddati o’tgan yoki ishlab chiqarilgan sanasi ko’rsatilmagan markirovkalangan tovarlar sotuvini avtomatik bloklaydi

13. Offlayn rejim

13. Offlayn rejim bo'limi

Internet tarmog’ida vaqtincha uzilishlar bo’lgan taqdirda, xaridorlarga cheklarni offlayn rejimda berishga ruxsat etiladi.

Muhim qoidalar:


14. Integratsiya

14. Integratsiya bo'limi

Chakana savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko’rsatuvchi subyektlarning POS tizimlari soliq organlarining axborot tizimlari bilan majburiy integratsiya qilinishi shart.

Integratsiya turlari:

TurTavsifi
Fiskal modulTexnik jihatdan mos onlayn-NKM va virtual kassa bilan integratsiyalashgan holda ishlaydi
MarketpleyslarXaridorlarga elektron fiskal chek taqdim etish uchun operator tizimi bilan integratsiya qilinadi
APIDasturiy tizimlarning o’zaro hamkorligi API interfeysi orqali amalga oshiriladi