skipLink.label

Call Center uchun tezkor qo'llanma

Onlayn-NKM nima?

heading.anchorLabel

Savdo cheki chiqaradigan qurilma. Internet orqali soliq organlariga avtomatik hisobot beradi. 48 soat internet bo’lmasa — bloklanadi.

Virtual kassa nima?

heading.anchorLabel

Onlayn-NKM bilan bir xil ish qiladi, lekin bu dastur (programma), qurilma emas. Kompyuter yoki telefonda ishlaydi.

Fiskal modul nima?

heading.anchorLabel

Soliq chekini tasdiqlash uchun kerak bo’lgan kichik qurilma (USB-kalit yoki smart-karta). POS qurilmaga ulanadi. Busiz chek chiqmaydi.

Z-hisobot nima?

heading.anchorLabel

Kun oxirida chiqadigan yakuniy hisobot. Kundagi barcha savdolar haqida ma’lumot beradi.

Har bir mahsulotning davlat tomonidan berilgan identifikatsiya kodi. Chekda ko’rsatilishi shart.

Qo’shilgan qiymat solig’i. Har bir mahsulot uchun alohida, chek oxirida jami ko’rsatiladi.

Korxonaning soliq raqami. Chekda albatta bo’lishi kerak.


Tez-tez so’raladigan savollar

heading.anchorLabel

”Chek chiqmayapti” — nima qilish kerak?

heading.anchorLabel
  1. Fiskal modul ulangan mi? — USB-kalit yoki smart-karta POS qurilmaga kiritilganini tekshiring
  2. Internet bor mi? — 48 soatdan ko’p internet bo’lmasa qurilma bloklanadi
  3. Qog’oz bor mi? — Printer qog’ozini tekshiring
  4. Qurilma yoniq mi? — Qayta yoqib ko’ring

”Offlayn rejim” nima degani?

heading.anchorLabel
  • Internet yo’qolganda qurilma offlayn rejimda ishlashda davom etadi
  • Cheklar saqlanib turadi va internet qaytganda avtomatik yuboriladi
  • 48 soat (ba’zan 24 soat) offlayn bo’lsa — qurilma bloklanadi
  • Blokdan chiqish uchun — internetni tiklash kerak

”Markirovka xatosi” chiqyapti

heading.anchorLabel
  • Markirovka kodi — maxsus belgilangan tovarlar uchun kerak
  • Skaner tovar yaroqlilik muddati o’tganini aniqlasa — sotuvni bloklaydi
  • Bitta chekda ikki bir xil markirovka kodi bo’lishi mumkin emas
  • Yechim: tovar markirovkasini tekshiring, muddati o’tgan bo’lsa sotib bo’lmaydi

Mijoz “chek haqiqiymi?” deb so’rayapti

heading.anchorLabel

Chekdagi QR-kodni soliq organlarining mobil ilovasi bilan skanerlab tekshirish mumkin. QR-kod kamida 30x30 mm bo’lishi shart.

”Kvitansiya daftari” nima?

heading.anchorLabel

Qurilma buzilganda ishlatiladigan maxsus daftar:

  • Soliq organida muhrlangan va raqamlangan bo’lishi kerak
  • Qurilma tuzatilgandan so’ng 1 ish kuni ichida barcha ma’lumotlar tizimga kiritiladi

To’lov shakllari qanday bo’ladi?

heading.anchorLabel

Chekda 3 xil to’lov shakli ko’rsatilishi mumkin:

  • Naqd — faqat naqd pul
  • Plastik karta — faqat karta
  • Aralash — naqd + karta birgalikda

Muhim raqamlar va chegaralar

heading.anchorLabel
ParametrQiymat
Offlayn rejim chegarasi48 soat (keyin bloklanadi)
Chek qog’oz kengligiKamida 55 mm
Harf balandligiKamida 2 mm
QR-kod o’lchamiKamida 30x30 mm
Ma’lumot saqlash muddati5 yil (operator tomonidan)
Virtual fiskal modul to’loviYiliga 1 BHM

Biznex POS da qayerda sozlanadi?

heading.anchorLabel
MasalaBiznex POS bo’limi
Fiskal modul ulashQurilmalar > Ulanish
MXIK kodlarni sozlashMXIK kodlar
Fiskal chek sozlamalariFiskal chek
Soliq integratsiyasiSoliq integratsiyasi
To’lov shakli tanlashSavdo qilish