skipLink.label

Oshxona ishlab chiqarish

Oshxona ishlab chiqarish

heading.anchorLabel

Oshxona ishlab chiqarish moduli masalliqlardan tayyor mahsulot tayyorlash jarayonini boshqaradi. Retseptlar asosida masalliq sarfini hisoblaydi va omborxona zaxirasini avtomatik yangilaydi.


Modul nima uchun kerak?

heading.anchorLabel
  1. Aniq hisob-kitob — qancha masalliq sarflanganini bilish
  2. Zaxirani nazorat — masalliq yetarliligini oldindan tekshirish
  3. Isrofni kamaytirish — ortiqcha tayyorlashni oldini olish
  4. Tarix — qachon, nima, qancha tayyorlanganini kuzatish

Hisoblash rejimlari

heading.anchorLabel

Oshxona modulida 2 ta hisoblash rejimi mavjud:

1-rejim: Mahsulot → Retsept (“Qancha masalliq kerak?”)

heading.anchorLabel

Bu rejimda tayyor mahsulot miqdori kiritiladi va tizim qancha masalliq kerakligini hisoblaydi.

Misol:

50 ta osh tayyorlash kerak. Retseptda 1 porsiya osh = 300g guruch, 200g sabzi, 150g go’sht.

MasalliqKerakli miqdorOmborda borHolat
Guruch15 kg20 kgYetarli
Sabzi10 kg8 kgYetmaydi (2 kg kam)
Go’sht7.5 kg10 kgYetarli

Tizim avtomatik bottleneck (cheklovchi masalliq) ni aniqlaydi — yuqoridagi misolda sabzi cheklovchi.

2-rejim: Retsept → Mahsulot (“Qancha tayyorlay olamiz?”)

heading.anchorLabel

Bu rejimda mavjud masalliqlar miqdori kiritiladi va tizim maksimal qancha tayyor mahsulot tayyorlash mumkinligini hisoblaydi.

Misol:

Omborda 20 kg guruch, 8 kg sabzi, 10 kg go’sht bor. Nechta osh tayyorlash mumkin?

Javob: 40 porsiya (sabzi cheklovchi — 8 kg / 200g = 40 ta)


Ishlash tartibi

heading.anchorLabel

1-qadam: Retseptni tanlang

heading.anchorLabel

Ishlab chiqarish sahifasida retseptlar ro’yxatidan kerakli retseptni tanlang.

2-qadam: Miqdorni kiriting

heading.anchorLabel
  • 1-rejim: Tayyorlamoqchi bo’lgan mahsulot miqdorini kiriting
  • 2-rejim: Mavjud masalliqlar miqdorini kiriting yoki ombordan avtomatik oling

3-qadam: Natijani ko’ring

heading.anchorLabel

Tizim hisoblaydi va ko’rsatadi:

  • Har bir masalliq uchun kerakli miqdor
  • Ombordagi mavjud miqdor
  • Yetarlilik holati (yetarli / yetmaydi)
  • Cheklovchi masalliq (bottleneck)

4-qadam: Tasdiqlang

heading.anchorLabel
  • “Saqlash” — hisoblashni saqlaydi (omborni o’zgartirmaydi)
  • “Ishlab chiqarish” — ombordan masalliqlar avtomatik ayiriladi va tayyor mahsulot qo’shiladi

Ishlab chiqarish tarixi

heading.anchorLabel

Barcha ishlab chiqarishlar tarixda saqlanadi:

Ma’lumotTavsifi
Sana va vaqtIshlab chiqarish vaqti
Retsept nomiQaysi mahsulot tayyorlangan
MiqdorNechta tayyorlangan
MasalliqlarSarflangan masalliqlar ro’yxati
XodimKim tomonidan bajariilgan

  • Har safar ishlab chiqarishdan oldin masalliq yetarliligini tekshiring (1-rejim)
  • Retseptlarni to’g’ri kiritgan bo’lsangiz, omborxona avtomatik yangilanadi
  • Ishlab chiqarish tarixini muntazam tekshiring — isrofni aniqlash uchun
  • Yarim tayyor mahsulotlar ham alohida retsept sifatida kiritilishi mumkin