Biznex POS o‘rnatish
1. Biznex ilovalari haqida
heading.anchorLabelBiznex tizimi ikki qismdan iborat:
- Biznex POS – restoran, kafe va choyxonalar uchun.
- Biznex Fastfood – fastfood markazlari uchun.
Ikki xil bo‘lishining sababi – jarayonlarda farq mavjud.
- Fastfood’da buyurtma tez yaratiladi va mijozga navbat cheki beriladi.
- Restoran/kafe’da esa buyurtma jarayoni boshqa tartibda yuradi.
(Bundan keyingi o‘rinlarda ikkala tizim ham “Biznex ilovasi” deb yuritiladi.)
2. Yuklab olish
heading.anchorLabelIlovani o‘z biznesingiz turiga qarab yuklab oling:
⚠️ Hozirda faqat Windows OS uchun mavjud.
3. O‘rnatish jarayoni
heading.anchorLabel- Yuklab olingan faylni ishga tushiring.
- Ba’zida kompyuteringiz uni virus sifatida qabul qilishi mumkin.
- Bu noto‘g‘ri signal, biz fayllarning xavfsizligini to‘liq kafolatlaymiz.
- Be’malol “Install anyway” / “Continue” tugmasini bosing.
- Agar antivirus bloklasa:
- Antivirus sozlamalaridan vaqtincha ruxsat bering yoki Exclude/Allow qiling.

- Antivirus sozlamalaridan vaqtincha ruxsat bering yoki Exclude/Allow qiling.
- O‘rnatish vaqtida Windows sizdan ichki va tashqi tarmoqdan foydalanishga ruxsat so‘raydi.
- Albatta “Allow access” tugmasini bosing.
4. Tizimga kirish
heading.anchorLabelHozirgi usul — Login va parol
heading.anchorLabel- Ilova o’rnatilgach uni oching.
- Ekranda login va parol maydonlari ko’rinadi.
- Menejerlar tomonidan berilgan login va parolni kiriting.
- “Kirish” tugmasini bosing va tizimdan foydalanishni boshlang.
✅ Endi sizning biznesingiz uchun Biznex ilovasi tayyor!
Eski usul (v2) — 4 xonali kod
heading.anchorLabel- Ilova o’rnatilgach uni oching.
- Ekranda 4 xonali kod ko’rinadi.
- Ushbu kodni Biznex menejerlari ga aytasiz.
- Menejerlar admin paneldan sizning qurilmangizni shu kod orqali faollashtiradi.
- Faollashtirilgach, tizimdan foydalanishni boshlashingiz mumkin.
Eski usul (v1) — Token
heading.anchorLabel- Ilova o’rnatilgach uni oching.
- Ekranda sizning qurilmangizga biriktirilgan yagona ID ko’rinadi.
- Ushbu ID ni nusxalab, Biznex menejerlari ga yuboring.
- Menejerlar sizga ruxsat kaliti (token) taqdim etadi.
- Kalitni kiritib, tizimdan foydalanishni boshlashingiz mumkin.