Texnik masalalar
Texnik masalalar (FAQ)
heading.anchorLabelBiznex POS ishlatishda uchraydigan texnik muammolar va ularning yechimlari.
I. Tizimga kirish
heading.anchorLabelPIN-kodim bilan tizimga kirib bo'lmayapti
- PIN-kodni to’g’ri kiritayotganingizni tekshiring (4-6 raqam)
- Administrator tomonidan PIN-kod o’zgartirilgan bo’lishi mumkin — admin dan so’rang
- Xodim profili “Nofaol” qilingan bo’lishi mumkin — admin tekshirsin
- Dasturni qayta ishga tushiring
Yangi xodim qo'shdik, tizimda ko'rinmayapti
- Xodim qo’shgandan so’ng “Saqlash” tugmasi bosilganmi?
- Xodimga lavozim (rol) belgilanganmi?
- Xodimga PIN-kod yaratilganmi?
- Ilovani qayta ishga tushiring — ma’lumotlar yangilanadi
Xodim ishdan ketdi, profilini qanday bloklayman?
Xodimlar bo’limiga kiring → xodimni toping → “Nofaol” qiling. Shundan keyin u PIN-kod bilan kira olmaydi. Xodimni butunlay o’chirish ham mumkin.
Bir vaqtda ikki kishi bitta profil bilan kira oladimi?
Yo’q. Har bir xodimning PIN-kodi unikal — boshqa qurilmada kira olmaydi. Har bir xodim faqat o’z buyurtmalarini ko’radi.
Planshetda "Internet yo'q" deyapti
- Planshet va POS qurilma bitta Wi-Fi tarmoqda ekanligini tekshiring
- Mobil internet (4G) emas, Wi-Fi ishlatilayotganini tekshiring
- VPN o’chirilganligini tekshiring
- Brauzerda
http://[IP]:8080ni tekshiring — server ishlayaptimi?
II. Chek printerlari va chop etish
heading.anchorLabelPrinter chek chiqarmayapti
- Printer yoqilganmi — tekshiring
- USB/Wi-Fi ulanish bormi — kabelni qayta ulang
- Qog’oz bormi — printer qog’ozini tekshiring
- Sozlamalar > Printer da printer tanlanganmi?
- Printerni o’chirib-yoqing
- Test chek chop eting
Oshxonaga buyurtma varag'i (belgu) bormayapti
- Oshxona printeri alohida sozlanganmi? Sozlamalar > Printer tekshiring
- Mahsulot kategoriyasi oshxona printeriga bog’langanmi?
- Oshxona printeri yoqilgan va ulangan ekanligini tekshiring
- Kategoriya → Printer bog’lanishini tekshiring (masalan: “Taomlar” → Oshxona printer)
Printerda "Error" yoki qizil chiroq yonyapti
- Qog’oz tekshiring — tugagan yoki tiqilib qolgan bo’lishi mumkin
- Printer qopqog’i to’g’ri yopilganmi tekshiring
- Printerni o’chirib, 10 soniya kutib, qayta yoqing
- USB kabelni qayta ulang
- Muammo davom etsa — printer boshini tozalang
Chekda yozuvlar xira chiqyapti
- Termal qog’oz to’g’ri tomoniga solinganligi tekshiring (silliq tomoni tashqarida)
- Printer boshini tozalang (spirt bilan)
- Yangi qog’oz soling — eski qog’oz xira chiqaradi
- Sozlamalardan shrift o’lchamini oshiring
Printer qog'ozi tiqilib qoldi
- Printerni o’chiring
- Qopqoqni oching
- Qog’ozni ehtiyotkorlik bilan tekis tortib chiqaring
- Yangi qog’oz soling
- Printerni qayta yoqing
Printerdan g'alati belgilar/iyerogliflar chiqyapti
- Sozlamalar > Printer da to’g’ri printer modeli tanlanganmi?
- Printer kodlash (encoding) sozlamasini tekshiring
- Printerni o’chirib-yoqing
- Muammo davom etsa — texnik xizmatga murojaat qiling
Bir vaqtda ikkita printerdan chek chiqarish mumkinmi?
Ha. Biznex POS ko’p printerli rejimni qo’llab-quvvatlaydi. Kategoriya bo’yicha printerlar ajratiladi — masalan, taomlar oshxona printeriga, ichimliklar bar printeriga. Har bir joy uchun ham alohida printer belgilash mumkin.
Bluetooth printer ulanmayapti
- Qurilmada Bluetooth yoqilganmi tekshiring
- Printer juftlangan (paired) ekanligini tekshiring
- Printerni qayta juftlang
- Printer 10 metr masofadan uzoqda emas ekanligini tekshiring
Chekda logotip yoki manzil noto'g'ri chiqyapti
Sozlamalar > Umumiy dan do’kon nomi, manzil va logoni yangilang. O’zgarishlar keyingi chekdan boshlab qo’llaniladi.
Bar va oshxona printerini qanday farqlayman?
Kategoriya bo’yicha ajratiladi:
- “Taomlar” kategoriyasi → oshxona printeriga
- “Ichimliklar” kategoriyasi → bar printeriga
- Sozlamalar > Kategoriya dan har bir kategoriyaga printer belgilang
Wi-Fi printer har doim uzilib qolyapti
- Printer va router orasidagi masofani kamaytiring
- Printerga statik IP bering — DHCP har safar boshqa IP berishi mumkin
- Router 2.4 GHz tarmoq ishlatilayotganligini tekshiring (5 GHz masofaga chidamsiz)
- Routerni qayta yoqing
III. Tarmoq va sinxronizatsiya
heading.anchorLabel"Server bilan aloqa uzildi" xatosi
- Asosiy POS qurilma (monoblok) yoqilgan va Biznex dasturi ochiq ekanligini tekshiring
- Barcha qurilmalar bitta Wi-Fi tarmoqda ekanligini tekshiring
- Brauzerda
http://[IP]:8080ni tekshiring - VPN o’chirilganligini tekshiring
- POS qurilmada dasturdan chiqib, qayta kiring
Ofitsiant urgan buyurtma kassada ko'rinmayapti
- Qurilmalar bitta tarmoqda ekanligini tekshiring
- WebSocket sinxronizatsiya ishlayotganini tekshiring — buyurtmalar real-time sinxronizatsiya qilinadi
- POS qurilmada Biznex dasturi ochiq ekanligini tekshiring
- Ikkala qurilmani qayta ulang
Cloud ga ma'lumotlar yuklanmay qoldi
- Internet aloqasini tekshiring
- Cloud sinxronizatsiya yoqilganligini tekshiring (Sozlamalar)
- Ma’lumotlar internet qaytganda avtomatik yuklanadi
- Muammo davom etsa — texnik xizmatga murojaat qiling
Internet o'chsa offlayn qancha vaqt ishlaydi?
Buyurtmalar va naqd to’lov — cheksiz ishlaydi (lokal baza). Lekin fiskal modul 48 soatdan keyin bloklanadi. Onlayn to’lovlar (karta, Click, Payme) internet talab qiladi.
Router paroli o'zgargandan keyin qurilmalarni qayta ulash
- Barcha qurilmalarda yangi Wi-Fi parolni kiriting
- POS qurilma IP manzili o’zgargan bo’lishi mumkin — Sozlamalar dan tekshiring
- Mobil ilovalarga yangi IP manzilni kiriting
Antivirus/Firewall dasturni bloklayapti
- Antivirus sozlamalarida Biznex POS ni istisno ro’yxatiga qo’shing
- Windows Firewall da 8080 va 8081 portlarni oching
- Antivirus vaqtincha o’chirib tekshiring — agar ishlasa, doimiy istisno qo’shing
VPN yoqilganda dastur ishlamayapti
VPN lokal tarmoq yo’nalishini o’zgartiradi va POS serverga kirishni bloklaydi. Biznex POS ishlatishda VPN ni o’chiring.
IV. Kassa operatsiyalari va smena
heading.anchorLabelSmena (Z-hisobot) yopilmayapti
- Yopilmagan buyurtmalar bormi — avval ularni yoping yoki bekor qiling
- FM (fiskal modul) ulangan ekanligini tekshiring
- Internet borligini tekshiring — OFD ga yuborish kerak
- Dasturni qayta ishga tushiring
- Muammo davom etsa — texnik xizmatga murojaat qiling
Xato urilgan chekni qanday bekor qilaman (vozvrat)?
- Buyurtmalar ro’yxatidan kerakli buyurtmani toping
- “Qaytarish” tugmasini bosing
- Qaytarish sababi kiritiladi
- Fiskal qaytarish cheki avtomatik shakllanadi
- Pul mijozga qaytariladi
Eslatma: Bekor qilish uchun admin yoki menejer ruxsati kerak bo’lishi mumkin.
Kassada pul kamomadi (minus) ko'rsatyapti
- Barcha tranzaksiyalar to’g’ri kiritilganmi tekshiring
- Naqd to’lovlar to’g’ri qayd etilganmi?
- Tranzaksiyalar bo’limida kirim/chiqimlarni ko’rib chiqing
- Xodimlar tomonidan tranzaksiya kiritilmagan bo’lishi mumkin
Yopiq bo'lmagan stollarni qanday topaman?
POS ekranida stollar rangi bilan ko’rsatiladi:
- Yashil — bo’sh
- Kulrang — band (ochiq buyurtma bor) Band stollarni bosib, ochiq buyurtmalarni ko’rish va yopish mumkin.
To'lov turini (naqd → karta) qanday o'zgartiraman?
To’lov yakunlangandan keyin turini o’zgartirish mumkin emas. Buyurtmani qaytarish (refund) qilib, qaytadan to’g’ri to’lov turi bilan yopish kerak.
Chegirmani chek yopilgandan keyin bekor qilsa bo'ladimi?
Yopilgan chekni o’zgartirish mumkin emas. Buyurtmani qaytarish qilib, yangi buyurtma (chegirmasiz) yaratish kerak.
Fiskal kassa (NKM) xatolik beryapti
- FM (USB-kalit) ulangan ekanligini tekshiring
- Fiskal xizmat (QPOS/FDS) ishlayotganini tekshiring
- Internet borligini tekshiring
- Monitoring > Fiskal sahifasida holatni ko’ring
- Texnik xizmatga murojaat qiling
V. Buyurtmalar va operatsion xatolar
heading.anchorLabelBuyurtmadan bitta taomni o'chirsam, hamma narsa o'chib ketyapti
Bitta mahsulotni o’chirish uchun faqat shu mahsulotni chapga suring yoki ❌ tugmasini bosing. Agar butun buyurtma o’chsa — bu xatolik, texnik xizmatga murojaat qiling.
Taomning narxi noto'g'ri kiritilgan, qanday o'zgartiraman?
Mahsulotlar (Taomlar) bo’limiga kiring → kerakli mahsulotni toping → tahrirlash → narxni o’zgartiring → saqlang. Yangi narx keyingi buyurtmalardan boshlab qo’llaniladi.
Ofitsiant planshetida taomlar rasmi ko'rinmayapti
- Internet/tarmoq aloqasini tekshiring — rasmlar serverdan yuklanadi
- POS qurilma yoqilgan va dastur ochiq ekanligini tekshiring
- Ilovani qayta ishga tushiring
Taomni bekor qilish uchun menejer kodi so'rayapti
Bu xavfsizlik sozlamasi — to’langan buyurtmani faqat yuqori huquqli xodim (admin, menejer) bekor qila oladi. Admin yoki menejer PIN-kodini kiriting. PIN-kodni admin dan so’rang.
Servis haqi avtomatik hisoblanmayapti
- Sozlamalar > Buyurtma sozlamalari da foiz ustama qo’shilganmi tekshiring
- Buyurtma ochilgan joyda foiz yoqilganmi? (Joylar sahifasida boshqariladi)
- MXIK va paket kodlar xizmat haqi uchun kiritilganmi? (Fiskal sozlamalar)
Buyurtma vaqti noto'g'ri ko'rsatyapti
Buyurtma vaqti kompyuter soatiga bog’langan. Kompyuter soatini to’g’rilang — Windows Sozlamalar > Vaqt va til > Soat.
Taomlar kategoriyasi aralashib ketdi
Mahsulotlar bo’limiga kirib, har bir mahsulotni to’g’ri kategoriyaga qayta biriktiring. Kategoriyalar Kategoriyalar bo’limida boshqariladi.
Mijoz telefon raqami orqali tarixini ko'rib bo'lmayapti
Mijozlar bo’limiga kiring → mijoz nomini yoki telefon raqamini qidiring. Agar mijoz ro’yxatda bo’lsa — buyurtmalar tarixi ko’rinadi. Agar yo’q — avval mijozni ro’yxatga qo’shing.
Hisob yopildi, lekin stol "band" bo'lib turibdi
Buyurtma to’liq yakunlanmagan bo’lishi mumkin. Stolni bosing → ochiq buyurtma bormi tekshiring → agar bor — yoping yoki bekor qiling. Agar buyurtma yo’q lekin stol band — dasturni qayta ishga tushiring.
VI. Fiskal (soliq) va to’lov tizimlari
heading.anchorLabelVirtual kassa (NKM) bilan aloqa yo'q
- FM (USB-kalit) ulangan ekanligini tekshiring
- Fiskal xizmat dasturi (FDS yoki QPOS) ishlayotganini tekshiring
- Internet borligini tekshiring
- Monitoring > Fiskal sahifasida FM holat tekshiring
- Texnik xizmatga murojaat qiling
Chekda QR-kod (Soliq) chiqmayapti
- Fiskal modul ulangan va ishlayotganini tekshiring
- Chek turi tekshiring — avans, bo’lib to’lash va kredit cheklarda QR-kod chiqmaydi (qonun bo’yicha)
- MXIK va paket kodlar to’g’ri kiritilganmi tekshiring
- Sozlamalarda fiskal tizim yoqilganmi tekshiring
Terminaldan pul yechildi, lekin dasturda "to'lanmadi" deyapti
- Internet aloqasini tekshiring — to’lov tasdiqlash internet talab qiladi
- Dasturni qayta ishga tushiring
- Tranzaksiyalar bo’limida to’lov holatini tekshiring
- Muammo davom etsa — texnik xizmat va bank bilan bog’laning
MXIK kodlari xato kiritilgan, qanday to'g'rilaymiz?
Mahsulotlar → kerakli mahsulotni tahrirlang → “Fiskal ma’lumotlar” bo’limida → “MXIK tanlash” → to’g’ri kodni qayta tanlang → saqlang.
Chekni bekor qildim, lekin soliq bazasida turibdi
Bu normal holat. Bekor qilingan chek uchun qaytarish (vozvrat) cheki shakllanadi — soliq bazasida ikkalasi ham saqlanadi (sotish va qaytarish).
Fiskal qurilma xotirasi to'lgan (memory full)
- Z-hisobotni yoping — FM xotirasi bo’shatiladi
- OFD sinxronizatsiya qiling — cheklar operatorga yuboriladi
- Internet aloqasini ta’minlang
- Muammo davom etsa — texnik xizmatga murojaat qiling
QR-to'lov (Click/Payme) integratsiyasi ishlamayapti
- Internet borligini tekshiring — onlayn to’lov internet talab qiladi
- Sozlamalar > Integratsiya da to’lov tizimi yoqilganmi tekshiring
- To’lov tizimi ma’lumotlari (API kalitlar) to’g’ri kiritilganmi tekshiring
- Texnik xizmatga murojaat qiling
VII. Qurilma va dasturiy ta’minot
heading.anchorLabelDastur juda sekin ishlayapti
- RAM yetarliligini tekshiring — 8GB tavsiya
- SSD disk ishlatilayotganini tekshiring — HDD juda sekin
- Keraksiz dasturlarni yoping
- Biznex POS ni qayta ishga tushiring
- Windows yangilanishlarini o’rnating
- Sozlamalar > Kesh dan keshni tozalang
Ilova o'z-o'zidan yopilib ketyapti (crash)
- Dasturni qayta ishga tushiring
- Kompyuter RAM va CPU yuklanishini tekshiring
- Windows yangilanishlarni o’rnating
- Dasturni qayta o’rnating (ma’lumotlar saqlanadi)
- Muammo davom etsa — texnik xizmatga murojaat qiling va xato xabarini yuboring
Audio-xabarnomalar (buyurtma kelgan ovozi) chiqmayapti
- Qurilmada ovoz yoqilganmi tekshiring
- Dastur ovoz sozlamalarini tekshiring
- Qurilma karnay (dinamik) ishlayotganini tekshiring
Qurilma (monoblok) juda qizib ketyapti
- Qurilma ventilyatsiya teshiklari to’silganmi tekshiring
- Qurilmani devor yoki boshqa narsalarga yopishtirib qo’ymang
- Havo aylanishi bo’lishi kerak
- Sovutish tizimini tozalang (chang)
- Muammo davom etsa — qurilma xizmat markaziga murojaat qiling
Dastur litsenziyasi faollashtirilmagan
- Internet borligini tekshiring — litsenziya onlayn tekshiriladi
- Obuna muddati o’tganmi? Obuna bo’limidan yangilang
- Litsenziya kalitini qayta kiriting
- Texnik xizmatga murojaat qiling
Barcha ma'lumotlarni qanday "backup" qilaman?
Ma’lumotlar avtomatik saqlanadi:
- Lokal — qurilmaning o’zida (Isar bazasi)
- Cloud — Biznex Cloud serverida (agar sinxronizatsiya yoqilgan bo’lsa) Qayta tiklash uchun — texnik xizmatga murojaat qiling.
Tizimni butunlay qayta yuklash (reboot) qanday qilinadi?
- Biznex POS dasturini yoping
- Kompyuterni qayta yoqing (Restart)
- Biznex POS ni qayta ishga tushiring
- Agar muammo davom etsa — dasturni qayta o’rnating (ma’lumotlar saqlanadi)
Muammongiz hal bo’lmadimi? Texnik xizmatga murojaat qiling:
- Telegram: @biznex_uz
- Telefon: +998 94 244 99 89 (09:00-18:00, Du-Sha)