Sotuv savollari
Sotuv savollari (FAQ)
heading.anchorLabelBiznex POS haqida mijozlar eng ko’p so’raydigan savollar va javoblar.
I. Narx va Tarif
heading.anchorLabelDasturning narxi qancha?
Oylik obuna narxi — 349 000 UZS. Apparatlarni to’liq sotib olgan holda faqat dastur obunasini to’laysiz.
Oylik to'lovmi yoki bir martalik?
Oylik to’lov. Har oy obuna yangilanadi. Yillik to’lov qilsangiz chegirma beriladi.
Tariflar o'rtasida farq bormi?
Faqat 1 ta tarif bor — barcha funksiyalar ichida. Alohida tariflar yo’q.
Sinov muddati (free trial) bormi?
Ha, sinov muddati haqida kelishib olish mumkin. Sotuvchilar bilan bog’laning.
Bir nechta filial uchun chegirma bormi?
Ha, filiallar soni ko’p bo’lsa chegirma kelishiladi.
Litsenziya bir qurilma uchunmi?
Yo’q, butun restoran uchun. Qurilmalar soni oshsa ham narx o’zgarmaydi (fixed). Boshqa kompaniyalar har bir qurilma uchun alohida to’lov oladi, Biznex da esa bitta narx.
Narxga QQS (NDS) kirganmi?
Yo’q, narxlar QQS siz ko’rsatilgan.
To'lovni qanday usulda qabul qilasiz?
Naqd, karta, pul o’tkazma — farqi yo’q, istalgan usulda to’lash mumkin.
Yashirin to'lovlar bormi?
Yo’q. Faqat oylik obuna — boshqa hech qanday qo’shimcha to’lov yo’q.
Yangilanishlar (updates) pullikmi?
Bepul. Oylik obuna davomida barcha yangilanishlar avtomatik va bepul.
To'lovni kechiktirsak tizim o'chadimi?
Ha, lekin to’lov qilguningizcha yana 1 sutka muddatga tizim ochiq turadi.
Yillik to'lovda chegirma bormi?
Ha, yillik to’lov qilsangiz chegirma beriladi.
II. Imkoniyatlar va funksionallik
heading.anchorLabelOmbor (sklad) hisob-kitobi bormi?
Ha. To’liq omborxona moduli mavjud: masalliqlar, xaridlar, yetkazuvchilar, yarim tayyor mahsulotlar, inventarizatsiya, avtomatik sarflanish, ABC tahlil, food cost va avtomatik xarid ro’yxati.
Ofitsiantlar uchun mobil ilova bormi?
Ha. Android va iOS uchun mobil ilova mavjud. Ofitsiant PIN-kod bilan kirib, buyurtma qabul qiladi, menyu ko’radi, stolni tanlaydi.
QR-menyu xizmati bormi?
Hozircha alohida QR-menyu xizmati yo’q. Lekin mijozlar mobil ilova orqali menyuni ko’rishlari mumkin.
Kassa yopilganda hisobot Telegram ga boradimi?
Telegram ga to’g’ridan-to’g’ri yuborish hozircha yo’q. Lekin Biznex Cloud (client.biznex.uz) orqali hisobotlarni istalgan joydan, istalgan vaqtda ko’rish mumkin. Shuningdek, @biznex_owner_bot Telegram Web App orqali ham.
"Stop-list" funksiyasi bormi?
Alohida stop-list moduli yo’q, lekin mahsulotni “Nofaol” qilish yoki miqdorini 0 ga tushirish mumkin — natijada u savdoga chiqmaydi.
Sodiqlik tizimi (bonus, keshbek) bormi?
Hozircha alohida sodiqlik tizimi yo’q. Lekin chegirma tizimi mavjud — foiz yoki summa asosida chegirma berish mumkin. Shuningdek, mijozlar bazasi bor — doimiy mijozlarni kuzatish mumkin.
Rezervatsiya (stollarni band qilish) tizimi bormi?
Hozircha alohida rezervatsiya moduli yo’q. Stollar ro’yxatida bo’sh va band stollar ko’rinadi.
Oshxona monitori (KDS) bormi?
Ha. Oshxona ishlab chiqarish moduli mavjud — buyurtmalar avtomatik oshxona printeriga yuboriladi. Oshxona monitorida buyurtmalar ko’rinadi va tayyorlanish holati kuzatiladi.
Taomlarning kalkulyatsiyasini (tarkibini) kiritsa bo'ladimi?
Ha. To’liq retsept tizimi mavjud — har bir taom uchun masalliqlar, miqdorlar, o’lchovlar kiritiladi. Tannarx avtomatik hisoblanadi (Food Cost).
Modifikatorlar bilan ishlash imkoniyati bormi?
Ha. Mahsulotlarga variantlar (rang, o’lcham, o’lchov) qo’shish mumkin. Buyurtmadagi har bir mahsulotga izoh yozish mumkin (masalan: “Tuzsiz”, “Qo’shimcha sous”).
Inventarizatsiya jarayoni qanday?
Ha, inventarizatsiya moduli mavjud. Omborxona bo’limida haqiqiy qoldiqlarni kiritib, tizim ma’lumotlari bilan solishtirish mumkin.
Dastur o'zbek tilida ishlaydimi?
Ha. O’zbek (lotin va kirill), Rus va Ingliz tillarida ishlaydi.
Fast-food va Full-service uchun alohida rejimlar bormi?
Ha. Ikkita alohida rejim mavjud:
- POS rejimi — stollar bilan to’liq xizmat (restoran, kafe)
- Fastfood rejimi — tezkor savdo, navbat tizimi (fast-food, street-food)
"Soliq" (fiskallashtirish) talablariga javob beradimi?
Ha, to’liq. QPOS va FDS fiskal tizimlar, MXIK kodlar, paket kodlar, fiskal chek, QR-kod, OFD sinxronizatsiya — O’zbekiston soliq qonunchiligiga to’liq muvofiq.
Offlayn rejimda dastur qanday ishlaydi?
Biznex POS offlayn rejimda ham ishlaydi: buyurtma ochish, mahsulot tanlash, naqd to’lov. Internet qaytganda barcha ma’lumotlar avtomatik sinxronizatsiya bo’ladi. Lekin 48 soatdan ko’p offlayn bo’lsa fiskal modul bloklanadi.
III. Qurilmalar (Hardware)
heading.anchorLabelQaysi operatsion tizimlarda ishlaydi?
- Windows 10/11 — asosiy POS tizim
- Android — mobil ilova (ofitsiant, menejer)
- iOS — mobil ilova
- Web — Biznex Cloud (brauzer orqali)
O'z kompyuterimizda ishlasa bo'ladimi?
Ha, agar kompyuteringiz minimal talablarga mos kelsa (Core i3, 4GB RAM, Windows 10). Lekin sifatli ishlashi uchun Core i5, 8GB RAM, SSD tavsiya etiladi.
Qaysi chek printerlarini tavsiya qilasiz?
XPrinter 80mm tavsiya etiladi ($35 dan). 58mm va 80mm termal printerlar qo’llab-quvvatlanadi. USB va Wi-Fi orqali ulanadi.
Planshetta ishlasa bo'ladimi?
Ha. Dastur planshet uchun moslashtirilgan — ekran kengligi 600px dan katta qurilmalar uchun planshet rejimi avtomatik yoqiladi.
Kassa apparati (fiskal qurilma) bilan ulanadimi?
Ha. Fiskal modul (FM) USB orqali ulanadi. QPOS va FDS fiskal tizimlar qo’llab-quvvatlanadi.
Shtrix-kod skaneri ulasa bo'ladimi?
Ha. USB shtrix-kod skaneri qo’llab-quvvatlanadi. Mahsulot shtrix-kodi tizimga kiritiladi va skaner bilan tezkor qidirish mumkin.
Printerlarni simsiz (Wi-Fi) ulasa bo'ladimi?
Ha. Wi-Fi printerlar IP-manzil orqali ulanadi. USB va Bluetooth ham qo’llab-quvvatlanadi.
Oshxona va bar uchun alohida printerlar qo'ysa bo'ladimi?
Ha. Kategoriya bo’yicha printerlar ajratiladi — masalan, “Taomlar” kategoriyasi oshxona printeriga, “Ichimliklar” bar printeriga chiqadi. Har bir joy uchun ham alohida printer belgilanishi mumkin.
Qurilmalarga minimal talablar qanday?
| Komponent | Minimal | Tavsiya |
|---|---|---|
| Protsessor | Core i3 | Core i5 |
| RAM | 4 GB | 8 GB |
| Disk | 64 GB | 128 GB SSD |
| OS | Windows 10 | Windows 11 |
| Ekran | 10”+ | 14”+ sensorli |
Monoblok sotuvda bormi?
Ha. Biznex dan monoblok sotib olish mumkin — Core i5, 8GB RAM, 128GB SSD, 1 yil kafolat, $280 dan.
Eski printerimiz tizimga tushadimi?
Ko’pgina 58mm va 80mm termal printerlar ishlaydi. Agar printeringiz ESC/POS protokolini qo’llab-quvvatlasa — muammo bo’lmaydi.
Kartadan to'lov terminali (Uzcard/Humo) bilan integratsiya bormi?
Ha. QPOS terminali orqali Uzcard/Humo bank kartalari bilan to’lov qabul qilish mumkin.
Qurilmalarni o'rnatib berish bepulmi?
O’rnatish xizmati obuna narxiga kiritilgan. Biznex texnik xizmati o’rnatib beradi.
IV. Integratsiyalar
heading.anchorLabelClick, Payme, Uzum bilan to'lov qabul qilsa bo'ladimi?
Ha. Click, Payme, Uzum, Oson, Alif, Wolt, Yandex — barchasi qo’llab-quvvatlanadi. Invoys QR-kod orqali ham to’lov qabul qilish mumkin.
Yetkazib berish xizmatlari bilan integratsiya bormi?
Ha. Wolt va Yandex Eats bilan integratsiya faol. Uzum Tezkor rejalashtirilmoqda.
1C buxgalteriya dasturiga eksport bormi?
To’g’ridan-to’g’ri 1C integratsiya yo’q. Lekin hisobotlarni Excel formatda eksport qilish mumkin va 1C ga import qilish mumkin.
API bormi?
Ha. Biznex POS da to’liq REST API mavjud — buyurtmalar, mahsulotlar, xodimlar, kategoriyalar, statistika uchun endpointlar bor.
Telegram bot orqali buyurtma qabul qilsa bo'ladimi?
Hozircha Telegram bot orqali buyurtma qabul qilish yo’q. Lekin @biznex_owner_bot orqali hisobotlar va boshqaruv mavjud.
Soliq qo'mitasining virtual kassasiga ulanadimi?
Ha. QPOS va FDS fiskal tizimlar orqali soliq qo’mitasi tizimlari bilan to’liq integratsiya.
Excel fayldan menyuni yuklasa bo'ladimi?
Ha. Excel import/eksport qo’llab-quvvatlanadi — mahsulotlar, kategoriyalar, xodimlar, xaridlar va boshqalar.
V. Hisobotlar va tahlil
heading.anchorLabelMasofaviy nazorat ilovasi bormi?
Ha. client.biznex.uz yoki @biznex_owner_bot (Telegram) orqali istalgan joydan hisobotlar, buyurtmalar, xodimlar, filiallarni kuzatish mumkin.
ABC tahlil (qaysi taom eng ko'p sotiladi) bormi?
Ha. ABC tahlil (Pareto) mavjud — masalliqlarni A/B/C kategoriyalarga ajratadi. Mahsulotlar reytingi ham ko’rinadi.
Foyda va zarar hisoboti (P&L) bormi?
Ha. Moliyaviy hisobotlar: jami tushum, jami chiqim, sof foyda — kunlik, haftalik, oylik.
Xodimlar samaradorligini qanday o'lchaydi?
Monitoring > Xodimlar sahifasida: buyurtmalar soni, savdo summasi, o’rtacha buyurtma qiymati, xodimlar taqqoslash grafigi.
Hisobotlarni Excel yoki PDF da yuklab olsa bo'ladimi?
Ha. Hisobotlarni Excel va PDF formatda eksport qilish mumkin. Chop etish ham mumkin.
Kunlik, haftalik, oylik solishtirma bormi?
Ha. Bugun, kecha, shu hafta, shu oy, maxsus sana oralig’i — barcha davrlar bo’yicha ko’rish va solishtirish mumkin.
Food cost (taom tannarxi) qanday hisoblanadi?
Avtomatik: Food Cost % = (masalliq xarajati / sotish narxi) × 100. Retseptdagi masalliqlar narxi asosida hisoblanadi. 30-35% maqbul ko’rsatkich.
Dunyoning istalgan nuqtasidan savdoni ko'rsa bo'ladimi?
Ha. Biznex Cloud orqali — internet bor joydan, istalgan qurilmadan (telefon, kompyuter, planshet).
Xomashyo qoldiqlari haqida xabar keladimi?
Ha. Masalliq minimal darajaga tushganda tizim ogohlantiradi (sariq — kam qoldi, qizil — tugadi). Avtomatik xarid ro’yxati ham generatsiya qilinadi.
VI. O’rnatish va qo’llab-quvvatlash
heading.anchorLabelDasturni o'rnatish qancha vaqt oladi?
Odatda 1-2 soat — dastur o’rnatish, printer va fiskal modul sozlash, asosiy ma’lumotlarni kiritish.
Xodimlarimizni o'qitib berasizlarmi?
Ha. O’rnatish paytida asosiy o’qitish o’tkaziladi. Qo’shimcha ravishda ushbu docs sayt va video-darsliklar mavjud.
O'qitish pullikmi?
Dastlabki o’qitish bepul — obuna narxiga kiritilgan.
Texnik yordam 24/7 ishlaydimi?
Texnik yordam 09:00-18:00, dushanba-shanba. Telegram (@biznex_uz) orqali yozish mumkin. Javob berish vaqti — 30 daqiqagacha.
Joyiga borib muammoni hal qilib berasizlarmi?
Ha, kelishilgan holda. Masofaviy diagnostika ham mavjud.
Boshqa dasturdan ma'lumotlarni ko'chirib o'tkazib berasizlarmi?
Ma’lumotlar migratsiyasi kelishilgan holda amalga oshiriladi. Excel fayl orqali import qilish mumkin.
Video-darsliklar va qo'llanmalar bormi?
Ha. docs.biznex.uz — to’liq onlayn qo’llanma. Video-darsliklar ham mavjud.
Xato qilsak, ma'lumotlarni qayta tiklash mumkinmi?
Ha. Ma’lumotlar lokal va Cloud da saqlanadi. Qayta tiklash mumkin.
Internet o'chib qolsa ma'lumotlar yo'qolmaydimi?
Yo’q. Barcha ma’lumotlar lokal bazada saqlanadi. Internet qaytganda avtomatik sinxronizatsiya bo’ladi.
Shartnoma tuzish shartmi?
Ha, shartnoma tuziladi.
VII. Solishtirish va qaror
heading.anchorLabelRaqobatchilardan (Jowi, Poster) nimasi bilan afzal?
- Narx: Arzonroq — faqat 1 ta tarif, barcha funksiyalar ichida
- Qurilma cheklovi yo’q: Qurilmalar soni oshsa ham narx o’zgarmaydi
- Qo’llab-quvvatlash: Tez va sifatli texnik yordam
- Fiskal: O’zbekiston soliq tizimiga to’liq moslashtirilgan
Qancha vaqtdan beri ishlaysizlar?
1 yildan ortiq bozorda faoliyat yuritmoqda.
Qahvaxona uchun nima taklif qilasiz?
Biznex POS restoran, kafe, qahvaxona va fast-food uchun mos. Fastfood rejimi va navbat tizimi qahvaxonalar uchun juda qulay.
Yangi funksiya taklif qilsak ko'rib chiqasizlarmi?
Albatta. Foydalanuvchilar takliflari asosida dastur doimiy takomillashtiriladi.
Tizim yoqmasa pulni qaytarib olsa bo'ladimi?
Oylik to’lov qaytarilishi mumkin. Lekin o’rnatish xarajatlari qaytarilmaydi.
Demo ko'rsata olasizlarmi?
Demo uchun emas, o’rnatish uchun joylashuvingizga kelamiz. O’rnatish paytida barcha funksiyalarni ko’rsatamiz.