Tranzaksiyalar
Tranzaksiyalar 💰📊
heading.anchorLabelTranzaksiya — biznesingiz hisobiga tushadigan yoki hisobingizdan chiqadigan pul harakati.
Qisqa qilib aytganda, biznesdagi aylanma mablag‘lar oqimi.
Masalan:
- ⏰ 08:13 da 170 000 UZS buyurtma bo‘ldi → 1 ta tranzaksiya
- ⏰ 08:37 da 90 000 UZS ga non sotib oldingiz → 1 ta tranzaksiya
- ⏰ 11:03 da 2 000 000 UZS xarid qilindi → 1 ta tranzaksiya
- 📅 24-noyabr 30 000 UZS elektr uchun to‘landi → 1 ta tranzaksiya

Tranzaksiya qo‘shish ➕
heading.anchorLabelTranzaksiyalar bo‘limiga kirasiz → +
Tranzaksiya qo‘shish uchun quyidagilarni kiritasiz:
-
📝 Tranzaksiya uchun eslatma
Masalan: “Non uchun to‘lov”, “Buyurtma #124”, “Xodimga avans” -
💵 Summasi
Qancha pul tushdi yoki chiqdi. -
🔄 Kassadan olinmoqda / Kassaga qo‘yilmoqda
Pulning yo‘nalishi: kirim yoki chiqim. -
💳 To’lov turi
- Naqd 💵
- Karta 💳
- Click 💻
- Payme 📱
- Uzum 🟣
- Oson 🟡
- Wolt 🍔
- Yandex 🚕
- Alif 💰 (nasiya)
- Qarz (nasiya) 📝
-
👤 Kimga Agar xodim bilan bog’liq bo’lsa — xodimni tanlaysiz.
Tranzaksiyalar nima uchun kerak? 🎯
heading.anchorLabel1. Pul oqimini nazorat qilish 🧾
Har bir kirim-chiqim aniq qayd etiladi. Pul yo‘qolmaydi, chalkashlik bo‘lmaydi.
2. Haqiqiy biznes holatini ko‘rish 📈
Qancha tushum bo‘ldi, qancha chiqim bo‘ldi — kunlik, haftalik, oylik tahlillar ko‘rinadi.
3. Kassa balansining to‘g‘riligini ta’minlaydi ⚖️
”Kassadan pul oshyapti”, “kam chiqyapti” degan muammolar bartaraf bo‘ladi.
4. Hisobotlar shakllanishi 🧾
Tranzaksiyalar asosida quyidagi tahlillar tayyorlanadi:
- 💵 Tushumlar
- 💸 Chiqimlar
- 🏦 To‘lov turlariga ko‘ra aylanma
- 👥 Xodimlar bilan bog‘liq pul harakati
- 📊 Xarajat tahlillari
5. Mayda-chuydadan tortib katta xarajatlargacha hammasi tartibga tushadi 🏷️
5 000 so‘mlik choydan boshlab, millionlab so‘mlik xaridlargacha — barcha harakatlar tizimga tushadi.
Onlayn to’lov invoyslari
heading.anchorLabelBiznex POS da onlayn to’lov uchun invoys yaratish mumkin:
- Tizim to’lov uchun QR-kod generatsiya qiladi
- Mijoz QR-kodni skanerlab to’lovni amalga oshiradi
- To’lov holati real vaqtda kuzatiladi (SSE orqali)
- To’lov tasdiqlanganda buyurtma avtomatik yopiladi
Invoys holatlari:
| Holat | Tavsifi |
|---|---|
| Kutilmoqda | Invoys yaratildi, to’lov kutilmoqda |
| Jarayonda | Mijoz to’lov boshladi |
| Muvaffaqiyatli | To’lov amalga oshdi |
| Xato | To’lov amalga oshmadi |
| Qaytarilgan | To’lov qaytarildi (refund) |
🎉 Shu bilan siz Tranzaksiyalar bo’limi orqali biznesingizning pul oqimini to’liq nazorat qilishingiz mumkin!